
UzAuto Motors keng segmentdagi avtomobillar bo'yicha shartnomalarni tiklaydi
2020-yilning mart oyidan buyon pandemiya davrida UzAuto Motors o‘z oldiga yuqori talablarni qo‘ygan holda ishlab chiqarishni optimallashtirish va global muammolarning ishlab chiqarish jarayoni va tannarxiga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha rejani bajardi. Kompaniya “tanaffus” vaqtida navbatni barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘ldi va 3 martdan kompaniya Chevrolet Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark avtomobillari uchun shartnomalar qayta tiklanishi haqida rasman ma’lum qiladi. Yarimo‘tkazgichlar va logistika sohasidagi global inqirozga, shuningdek, milliy valyuta inflyatsiyasiga qaramay, kompaniya pandemiya davrini boshqa mamlakatlardagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi: ikki yil davomida avtomobillarning so‘mdagi narxi o‘zgarmadi va xorijiy valyutada u hatto sezilarli darajada pasaydi (14%), zavod o'z faoliyatini to'xtatmadi va barcha ish o'rinlarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. UzAuto Motors zavodlari faoliyatiga esa 300 dan ortiq zavod, 100 dan ortiq savdo, xizmat koʻrsatish va dilerlik korxonalari hamda 200 mingdan ortiq ishchi-xizmatchilar, jumladan, turdosh tarmoqlar jalb etilgan. Bundan tashqari, pandemiyaga qaramay, kompaniya 2020-yilda avtomobillar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga va 280 ming dona avtomobil ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘ldi, so‘nggi uch yilda esa 786 ming dona avtomobil ishlab chiqarildi, bu avvalgi uch yilga nisbatan 1,8 barobar o‘sganini ko‘rsatadi. Shuningdek, 2019-yildan boshlab kompaniya tomonidan davlat imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinib, buning natijasida birgina o‘tgan yilning o‘zida “O‘zAvto” tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan 5,36 trillion so‘m soliq to‘langan, bu 2018-yilga nisbatan 3 barobar ko‘p va oxirgi uch yilda , miqdori 13,11 trln. so'mni tashkil etdi.